Chilonzorda 4 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirildi

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari qaroriga asosan, «S.E.G.E» MCHJdan davlat foydasiga 4 mlrd 68 mln 656 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga belgilangan tartibda tegishli ogohlantirish berilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 10 kunlik muddat belgilangan.
Biroq qarzdor MCHJ tomonidan belgilangan muddatda soliq qarzdorligi ixtiyoriy ravishda qoplanmagan. Shu sababli davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ijro choralari qo‘llanilib, qarzdor korxonaning bank hisobvarag‘iga band solingan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida davlat foydasiga 4 mlrd 68 mln 656 ming so‘m soliq qarzdorligi to‘liq undirilib, ijro hujjati ijrosi amalda ta’minlandi.
Soliq qarzdorliklarini o‘z vaqtida bartaraf etish davlat oldidagi majburiyatlarning bajarilishi va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

























Izohlar 0
…