MIB orqali ona farzandlari bilan birga o‘z xonadoniga kiritildi

MIB orqali ona farzandlari bilan birga o‘z xonadoniga kiritildi

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2026 yil 25 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan undiruvchilar G‘.A., G‘.M. hamda uning farzandlarini sud hujjatida ko‘rsatilgan Chilonzor tumanidagi manzilda joylashgan xonadonga kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati asosida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga sud hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarish zarurligi belgilangan tartibda tushuntirildi va tegishli ogohlantirish berildi.

Amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda undiruvchilarning farzandlari va oila a’zolari bilan birgalikda o‘z yashash xonadonlariga kiritilishini ta’minladi.

Natijada sud hujjati ijrosi amalda ta’minlanib, fuqarolarning sud orqali himoya qilingan huquqlarini tiklashga erishildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar