500 million so‘mlik soliq qarzi evaziga korxona mol-mulklari xatlovga olindi

Majburiy ijro byurosining Zomin tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjati doirasida aksiyadorlik jamiyatining soliq qarzdorligini undirish yuzasidan tegishli ijro harakatlari olib borildi. Mazkur korxonaning soliq qarzdorligi 500 million so‘mni tashkil etmoqda.
Qarzdorlikni undirish va ijro hujjatida belgilangan talablarni ta’minlash maqsadida aksiyadorlik jamiyatiga tegishli mol-mulklar belgilangan tartibda xatlovga olindi. Ushbu choralar mavjud qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan tartibda bartaraf etishga qaratilgan.
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish korxonalarning muhim vazifalaridan biridir. Qarzdorliklarning o‘z vaqtida to‘lanishi ortiqcha ovoragarchilik va majburiy ijro choralarining oldini olishga xizmat qiladi.































Izohlar 0
…