15:50 / 30.12.2022
2 625

Hindiston elchixonasi bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan sirop bo‘yicha bayonot berdi

Hindiston elchixonasi bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan sirop bo‘yicha bayonot berdi
Ma’lumki Samarqand shahrida bolalarning Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘talga qarshi siropdan zaharlanishi va o‘limi dunyoda katta aks-sado berdi. Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi bugun bu fojiaga munosabatini ommaga oshkor qildi.

Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining Noida shahrida joylashgan Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Dok1 Max yo‘tal siropi zaharlangani gumon qilinib, O‘zbekistonda 18 nafar bolaning o‘limi bilan bog‘liq voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Elchixona ushbu fojia qurbonlarining oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiradi. Elchixona Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi bilan aloqalarni davom ettiradi va Agentlikdan Hindistonda ham zarur choralar ko‘rilishi uchun o‘z tergov hisobotlarini Hindiston tomoni bilan bo‘lishishni so‘raydi.

Hindiston Sog‘liqni saqlash va oila farovonligi vazirligi ko‘rsatmalariga asosan, Hindiston Dori vositalarini standartlarini nazorat qilish markaziy tashkiloti (CDSCO) ham 2022 yil 27 dekabrdan boshlab O‘zbekiston milliy dori vositalarini tartibga soluvchi organ bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda.

Ma’lumotni olgandan so‘ng, Marion Biotech – ishlab chiqaruvchining jihozlari Uttar Pradesh shtati dori vositalari standartini nazorat qilish guruhi va CDSCO tomonidan birgalikda tekshiruvdan o‘tkazildi va tekshiruv hisoboti asosida tegishli choralar ko‘riladi.

Marion Biotech litsenziyalangan ishlab chiqaruvchi bo‘lib, Dok1 Max siropi va tabletkalarini eksport qilish uchun Uttar-Pradesh shtatidagi dori-darmon moddalari aylanmasini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan berilgan litsenziyaga ega.

Yo‘tal siropi namunalari ishlab chiqarish binolaridan olingan va sinov uchun Hindistonning Chandigarh shahridagi Mintaqaviy dori sinov laboratoriyasiga (RDTL) yuborilgan.

Hindiston O‘zbekiston bilan hamkorlikni, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika preparatlari sohasidagi hamkorlikni yuksak baholaydi. Biz bu borada O‘zbekiston rasmiylari bilan yaqin aloqada bo‘lishni davom ettiramiz
”, deyiladi elchixona bayonotida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat