Hindistonda fohishaxonadan O‘zbekiston fuqarosi qutqarildi

Hindistonning Haydarobod shahrida politsiya mehmonxonalardan birida noqonuniy faoliyat yuritilayotganini aniqlab, olti nafar xorijlik ayolni qutqargan. Dastlab ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani haqida xabar tarqalgan edi. Biroq keyinchalik bu ma’lumotga aniqlik kiritildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi va mahalliy politsiya o‘rtasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida qutqarilgan ayollardan faqat biri O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. Qolgan ikki nafar ayol esa boshqa davlat fuqarolari bo‘lib chiqqan.
Hodisa yuzasidan Hindistonning tegishli qonunchiligi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Mahalliy politsiya mehmonxonadagi noqonuniy faoliyatga aloqador deb gumon qilingan ikki kishini hibsga olgan.
O‘zbekiston fuqarosining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida elchixona tomonidan Haydarobod politsiyasi bilan rasmiy muloqot o‘rnatilgan. Fuqaro elchixona ishtirokida shaharning Kukatpalli hududidagi ijtimoiy xizmatlar boshpanasiga joylashtirilgan.
Ayni vaqtda uni O‘zbekistonga qaytarish masalasi bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Vaziyat O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi nazoratiga olingan.






























Izohlar 0
…