68 bola vafoti ortidan "Dok-1 Maks" bo‘yicha yangi ma’lumot

68 bola vafoti ortidan "Dok-1 Maks" bo‘yicha yangi ma’lumot

"Dok-1 Maks" ishi bo‘yicha jabrlangan 85 nafar fuqaroga hozirga qadar jami 16,7 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya to‘langan. Majburiy ijro byurosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan to‘lovlar to‘xtatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Sud qarorlarining ijro hujjatlariga asosan qarzdor S. Kariyev va boshqa shaxslardan jabrlanganlar foydasiga jami 78 mlrd so‘m undirish bo‘yicha ijro ishlari olib borilmoqda. Shundan 61,3 mlrd so‘mni undirish jarayoni hozir ham davom etmoqda.

Qarzlarni undirish maqsadida S. Kariyevga tegishli Chilonzor tumanidagi turar joylar hamda Furqat ko‘chasidagi noturar bino xatlangan va onlayn-auksionga chiqarilgan. Noturar bino 793 mln so‘mga sotilgan, qiymati 7,1 mlrd so‘m deb baholangan turar joylar bo‘yicha savdolar esa davom etmoqda.

Auksiondan tushgan mablag‘lar va S. Kariyevning oila a’zolari tomonidan to‘langan pullar hisobidan jabrlanganlarga 16,7 mlrd so‘m o‘tkazilgan. Qolgan mablag‘larni undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Dok-1 Maks" siropini iste’mol qilish oqibatida 68 nafar bola vafot etgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar