17:15 / 29.11.2024
3

Toshkentda uch yoshli bolaning qotiliga hukm o‘qildi

Toshkentda uch yoshli bolaning qotiliga hukm o‘qildi
O‘zi bilan qonuniy nikohsiz yashab kelayotgan ayolning avvalgi turmushidan tug‘ilgan farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan shaxs ushlangani xabar qilingandi.

Bugun, 29 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida S. M.ga (erkak, 1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) oid jinoyat ishini birinchi instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi S. Abdug‘aniyev raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq S. M. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v», «j» bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi «b», «g», «j», «r» bandlari, 219-moddasi 2-qismi va 251-1-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shu bilan birga Jinoyat kodeksining 50-moddasi 9-qismiga asosan sudlanuvchiga tayinlangan jazoning dastlabki 4 yilini turmaga qamash tariqasida va qolgan qismini qattiq tartibli koloniyalarda o‘tattirish belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda uch yoshli bolaning qotiliga hukm o‘qildi