Farg‘onada 1,5 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona qamaldi

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida 1,5 yoshli o‘g‘lini 35 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotinga sud hukmi o‘qildi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, oilada uch nafar voyaga yetmagan farzand bo‘lgan. Er-xotin qarz va og‘ir moliyaviy sharoit sabab kenja farzandini pul evaziga berishga rozi bo‘lgan.
2026 yil aprel oyida ular notanish shaxs bilan bolani berish masalasida kelishib, uni 35 ming dollarga sotishga qaror qilgan. Xaridor sifatida muloqot qilgan shaxs esa bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan.
11 aprel kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol tilxat yozayotgan, erkak esa kelishilgan pulni olayotgan vaqtda ushlangan.
Sud hukmi bilan erkak 6 yilga, ayol esa 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ular jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydi.
Er-xotinning uch nafar voyaga yetmagan farzandi qarindoshi qaramog‘iga topshirilgan.






























Izohlar 0
…