Toshkentda non ichiga narkotik yashirgan erkak qamaldi

Toshkentda narkotik moddalarni non ichiga yashirib, tanishiga yetkazib berishga uringan erkak sud hukmi bilan besh yil bir oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Ma’lum qilinishicha, erkak yetkazib berish xizmati orqali tanishiga non jo‘natgan. Biroq non ichiga narkotik modda va uni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan maxsus moslama yashirilgan edi.
Taqiqlangan buyumlar taksi avtomobilini tekshirish jarayonida aniqlangan. Non ichidagi yashirin moddalar topilgach, holat yuzasidan tergov olib borilgan.
Sud erkakni besh yil bir oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan.






























Izohlar 0
…