
Prezidentning “Oʻzbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Aholi, ayniqsa yosh avlod vakillari tomonidan sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2025 yil 1 maydan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi:
a) barcha sogʻliqni saqlash va ta'lim muassasalarida:
- qoʻl yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta'minlash;
- sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holatini yaxshilash, yangi qurilayotgan muassasalarda ularni binoning ichki qismida joylashtirish;
- yil davomida birinchi navbatda qoʻl yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutish;
b) barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena xonalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta'minlash majburiyatini kiritish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov) birinchi darajali mablagʻ taqsimlovchilarning asoslangan hisob-kitoblariga asosan 2025 yil davomida byudjet tashkilotlarida mazkur banddagi tadbirlar uchun zarur boʻlgan hollarda qoʻshimcha mablagʻlar ajratadi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (B. Yusupaliyev) ushbu bandda nazarda tutilgan muassasalarda sanitariya-gigiyena holatini saqlash uchun vositalar ajratish boʻyicha normativlarni qayta koʻrib chiqadi va ularning amalda bajarilishi ustidan qat'iy nazorat oʻrnatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar