![Buxoro viloyatidagi uyda gaz portladi (video)](/uploads/posts/2025-02/e724b74aca_buxoro20p-v0o0hnrf.webp)
Foto: Videodan kadr
Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi uyda gaz portladi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda uyning ichidan odam yongan holda yugurib chiqqanini koʻrish mumkin. Hodisa oqibatida uyning bir qismi qulab tushgan.
Viloyat FVB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 12 fevral kuni soat 22:40 larda viloyat IIBdan olingan xabarga koʻra, shu kuni taxminan soat 22:00 larda Gʻijduvon tumani “Guliston” MFYdagi aholi xonadonida chaqnash sodir boʻlgan. Voqeaning taxminiy sababi fuqaroning yashash uyida gaz sizib chiqib toʻplanishi hamda chiroqni yoqishi oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnagan.
“Hodisa oqibatida yongʻin yuzaga kelmagan, jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.
Voqea joyiga viloyat FVB va Gʻijduvon tuman IIB mas'ul rahbarlari hamda 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji etib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar