09:18 / 28.03.2025
1 414

Psixologlar haqidagi haqiqatlar: 14 ta kutilmagan javob (video)

Psixologlar haqidagi haqiqatlar: 14 ta kutilmagan javob (video)
24 mart Butunjahon depressiyaga qarshi kurash kuni deb e’tirof etilgan. Bu ruhiy salomatlik haqida gapirish va psixologiya haqida hali hanuz mavjud bo‘lgan afsonalarni yo‘q qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ba’zilar hali ham faqat "og‘ir kasallar" psixologlardan yordam so‘rashiga ishonsa, boshqalar esa maslahatdan so‘ng "ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuborilishdan" qo‘rqishadi. Lekin bu haqiqatan ham shudaymi?

Sputnik O‘zbekiston lavhasida oila va inqiroz bo‘yicha psixolog Sofiya Hasanova psixologiya, qo‘rquv, terapiya va uning narxiga oid eng ko‘p uchraydigan savollarga javob beradi.

“So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda psixologiya va psixiatriyaga munosabat tendensiyasi ijobiy tomonga o‘zgarib borayotgani quvonarli. Odamlar muammolarini yillar davomida ichiga yutmay, mutaxassislarga tez-tez murojaat qilishmoqda”, – deydi ekspert.

Eng tez-tez uchraydigan psixologik muammolar orasida u muvaffaqiyat ketidan poyga jarayonida paydo bo‘ladigan tashvish va stressni ta’kidlaydi.

“Ijtimoiy tarmoqlar atrofdagilarning hammasi yaxshiroq, muvaffaqiyatliroq, boyroq yashaydi, degan illyuziyani yaratadi... Bu odamlarni juda asabiy qiladi. Ammo o‘zgalarning maqsadlari ortidan quvishdan oldin, o‘zingizga savol berish muhimdir: men o‘zim nimani xohlayman? Nima meni haqiqatan baxtli qiladi? — deydi u.

Psixologlarning o‘zlari ham stressga moyil ekanligi rostmi? Ular tashxis qo‘yishlari mumkinmi? Qachon mutaxassisga murojaat qilish kerak va bu sizning hayotingizni qanday o‘zgartirishi mumkin?

Bu va boshqa savollarga javobni Sputnik O‘zbekiston videosidan topasiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat