Pul bor, ammo xotirjamlik yo‘q: Bugungi jamiyat yo‘qotayotgan eng qimmatli boyliklar

Pul bor, ammo xotirjamlik yo‘q: Bugungi jamiyat yo‘qotayotgan eng qimmatli boyliklar
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Insoniyat tarixidagi eng qulay va moddiy imkoniyatlarga boy davrda yashayotgan bo‘lsak-da, taraqqiyot bilan birga ma’naviy bo‘shliq va ruhiy xotirjamlik tanqisligi kuchayib bormoqda.
  • Zamonaviy jamiyatda hashamatli uylar qurilib, tibbiyot va texnologiyalar rivojlanganiga qaramay, oilaviy birdamlik, samimiy mehr-oqibat hamda insoniylik fazilatlari tobora kamayib bormoqda.

Biz insoniyat tarixidagi eng qulay, texnologik jihatdan yuksalgan va moddiy imkoniyatlarga boy davrda yashayapmiz. Biroq taraqqiyot bilan birga inson qalbidagi bo‘shliq va ma’naviy tansiqlik ham kun sayin chuqurlashib bormoqda. Ko‘p narsaga erishdik, ammo evaziga nimalarni boy berib qo‘ydik?

Jamiyatshunoslar va psixologlarni chuqur o‘yga solayotgan, zamonaviy turmush tarzimizning achchiq, ammo ayni haqiqat bo‘lgan eng katta ziddiyatlari yana kun tartibiga chiqdi.

To‘kinlik ichidagi kamchiliklar: Zamonaviy hayot paradokslari

Kundalik yugur-yugurlar ortidan ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan muhim haqiqatlar:

  • Katta imoratlar va kichraygan oilalar: Hashamatli, keng va ko‘p qavatli uylar barpo etilmoqda, biroq ularning ichidagi birdamlik va ahil oilaviy davralar tobora torayib, farzandlar soni va mehr rishtalari qisqarmoqda;

  • Tibbiyot cho‘qqisi va yangi xastaliklar: Zamonaviy tibbiyot tarixda ko‘rilmagan darajada rivojlandi, ammo shu bilan birga stress, surunkali xastaliklar va noma’lum kasalliklarning turi geometrik progressiyada ko‘paymoqda;

  • Koinotga sayohat va qo‘shnidan bexabarlik: Insoniyat Oyga yetib bordi, Marsni tadqiq qilmoqda, ammo eshigi bir necha qadam narida bo‘lgan yon qo‘shnisining holi, dardi va quvonchidan mutlaqo bexabar;

  • Boylik va yo‘qotilgan xotirjamlik: Daromad va pul topish imkoniyatlari oshdi, lekin qalbdagi xotirjamlik, ruhiy sokinlik va qanoat hissi ko‘pchilik uchun tanqis ne’matga aylandi;

  • Aql ustunligi va so‘ngan his-tuyg‘ular: Intellekt, mantiq va donolik yuksalib borayotgandek, ammo sof mehr-oqibat, samimiy his-tuyg‘ular va hamdardlik kamayib ketmoqda;

  • Bilim ortdi, ammo hikmat qani? Axborot va ma’lumotlar okeanida yashayapmiz, kitoblar va kurslar ko‘p, biroq hayotni anglash va uni to‘g‘ri yashash hikmati ozayib bormoqda;

  • Virtual tanishlar va haqiqiy do‘stlik tanqisligi: Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-yo‘lakay orttirilgan minglab yuzaki «do‘stlar» bisyor, ammo og‘ir kunda yelka tutadigan haqiqiy do‘stlar barmoq bilan sanarli;

  • Vaqt o‘lchovchilari ko‘p, lekin vaqt yo‘q: Bo‘yin va qo‘llarga taqiladigan soatlar eng so‘nggi brend va betakror dizaynda ishlab chiqarilmoqda, biroq yaqinlar, oila va o‘zlik uchun sarflashga surunkali vaqt yetishmaydi;

  • Aholi soni ko‘paydi, ammo odamiylik-chi? Sayyoramizda odamlar soni yildan-yilga milliardlab ko‘payib bormoqda, biroq eng muhim fazilat — odamiylik va insoniylik tobora noyob tushunchaga aylanib qolmoqda.

Xulosa: Ruhiy muvozanatni qanday qaytarish mumkin?

Ushbu ziddiyatlar insoniyatga oddiy bir haqiqatni eslatadi: texnologiya va moddiyat faqat vosita bo‘lib, baxt va halovatning o‘zagi insonning ichki ma’naviyati, yaqinlariga ko‘rsatgan mehri va atrofdagilarga bo‘lgan samimiy munosabatida mujassamdir.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar