15:00 / 22.05.2021
2 158

Qashqadaryoda 700ga yaqin O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini olib ketayotgan brakonerlar ushlandi


Foto: Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati
2021 yil 21 may kuni Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi xodimlari va viloyat IIB YPXX, viloyat o‘simliklar karantin inspeksiyasi, viloyat viterinariya xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumani «Umakay» YPX muntazam maskanida to‘xtatilgan avtomashinada yovvoyi hayvonot dunyosi ob’ekti hisoblangan toshbaqalar tabiiy muhitdan noqonuniy yig‘ib-terib olib ketilayotganligi aniqlandi.

Ushbu tur O‘zbekiston Respublikasi «Qizil Kitobi»ga kiritilgan bo‘lib, «O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi» (TORTOISE Agrionemys horsfieldii) hisoblanadi. Noyob endimek tur hisoblangan ushbu toshbaqalar mamlakatimizning barcha adirliklarida uchraydi. Mustahkamlashgan qumlar, serto‘proq cho‘llarda yashab, tog‘da dengiz sathidan 1300metr balandlikkacha ko‘tariladi. Ba’zan vodiydagi siyrak maysali dashtlar va qishloq xo‘jaligi yerlari (shudgor, poliz va dalalar) da ham uchraydi.

Ikkinchi Jahon urushi davrida O‘rta Osiyo toshbaqasi go‘shtidan ko‘p miqdorda konservalar tayyorlashda foydalanilgan. Toshbaqalarning antropogen omillar ta’sirida yashash joylari o‘zgarishi va yo‘q qilinishi (yaylovlardan chorvachilik maqsadida uzoq yillardan beri haddan tashqari ko‘p foydalanish, qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi, tijorat (eksport) maqsadida toshbaqalarni ovlash va tuxumlarini terish, jumladan, brakonerlar tomonidan turli noqonuniy maqsadlarda terib olinishi) natijasida ushbu tur kamayib ketmoqda.

Brakonerlar tomonidan viloyatdan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilayotgan toshbaqalar bo‘yicha belgilangan tartibda huquqiy ko‘rib chiqish maqsadida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Viloyat atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirilgan holda ekologik muhofaza hududi hisoblangan Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigiga toshbaqalar topshirish uchun jo‘natilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda 700ga yaqin O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini olib ketayotgan brakonerlar ushlandi