date

“Bu mening onam” qo‘shig‘i mashhurlik uchun aytilmagan, — Malika Ravshanova

“Bu mening onam” qo‘shig‘i mashhurlik uchun aytilmagan, — Malika Ravshanova

“Bu mening onam” qo‘shig‘i bilan keng e’tirofga sazovor bo‘lgan xonanda Malika Ravshanova navbatdagi suhbatda o‘z hayoti, ijodi va shaxsiy kechinmalari haqida ochiq fikr bildirdi. U 35 yoshida xalq orasida tanilgani, san’at yo‘li oson kechmagani va orzulari qanday amalga oshgani haqida gapirdi.

Malika uchun ushbu qo‘shiq mashhurlik uchun emas, balki ichki tuyg‘ularning ifodasi sifatida yaralgan. Uning aytishicha, bu orzu otasining istagi bilan bog‘liq bo‘lib, ona haqida qo‘shiq kuylash istagi yillar davomida yuragida yashab kelgan. Nihoyat, uch farzandli bo‘lganidan so‘ng, 35 yoshida ushbu niyat amalga oshgan.

Ijod yo‘li ham oson kechmagan. U bir suratga olish jarayonida uch kun navbat kutishga majbur bo‘lgani, aynan shu holat unda qattiq iz qoldirganini aytadi. O‘sha kuni u hurmat faqat tanilganlik bilan o‘lchanmasligini anglab yetgan.

Xonanda bolaligida shifokor bo‘lishni orzu qilganini ham yashirmaydi. Ammo hayot uni san’at yo‘liga olib chiqqan. Bugun esa uning o‘g‘li aynan shifokorlik kasbini tanlagan.

Malika uchun eng og‘riqli nuqta — otasi uning bugungi yutuqlarini ko‘ra olmaganidir. Shu his tufayli yaratilgan qo‘shiq uning eng shaxsiy va og‘ir ijodiy ishlaridan biri bo‘lib qolgan.

Uning fikricha, haqiqiy baxt — isming emas, qo‘shig‘ing yoki ijoding odamlar xotirasida qolishidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Bu mening onam” qo‘shig‘i mashhurlik uchun aytilmagan, — Malika Ravshanova