Aktrisa Malika Avazova yana bir bor ona bo‘ldi
1 daqiqa o'qish1

Aktrisa Malika Avazova yana bir bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. San’atkor 11 noyabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Shu tariqa uning farzandlari soni uchtaga yetdi.
Malika Avazova quvonchli xabarni Instagram sahifasidagi Stories orqali kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun, aktrisaning Muhammadali va Muhammadamin ismli egizak o‘g‘illari bor. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan birga Malika Avazova uch nafar o‘g‘il farzandning onasiga aylandi.
Hozircha aktrisa chaqaloqqa qanday ism qo‘yilganini ma’lum qilmagan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Malika Avazovani oilasidagi quvonchli voqea bilan tabriklab, chaqaloqqa sog‘lik, baxt va uzoq umr tilamoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
































Izohlar0
…