Xonanda Malika Ravshanovadan to‘ng‘ich qiziga kutilmagan va qimmatbaho syurpriz! (video)

Xonanda Malika Ravshanova oilasidagi quvonchli voqea bilan muxlislari e’tiboriga tushdi. San’atkor to‘ng‘ich qizi Odina Hamidovaga yangi avtomobil sovg‘a qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Odinaning yangi mashinasi yonida turib, ota-onasiga minnatdorchilik bildirayotgan videosi tarqaldi. U ham ushbu quvonchli lahzalarni o‘z sahifasida izoh bilan bo‘lishdi.
«Alhamdulillah, bugun ota-onam sababli Allohim yana bir orzuimga yetkazdi. Umuman kutilmagan syurpriz bo‘ldi. Onajonim, adajonim, rahmat sizlarga! Qizlar, chin dildan niyat qilinglar, duo qilinglar — Alloh yetkazadi. Har doim “qizimga” deb mashina sovg‘a olgan qizlarni ko‘rib, chin dildan havas qilardim va Allohimdan so‘rardim. Robbim menga ham nasib qildi», — deb yozdi Odina.
Uning ta’kidlashicha, bu sovg‘a kutilmagan syurpriz bo‘lgan. Odinaning quvonchi va ota-onasiga bildirgan samimiy minnatdorchiligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ham e’tiborini tortdi. Kuzatuvchilar ona-qizni tabriklab, ularga ezgu tilaklarini yo‘llamoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…