Rayhon Ulasenovaning "kelin salom" marosimidan chiroyli lavhalar (video)

7 avgust kuni aktrisa Rayhon Ulasenovaning o‘g‘li Azizbek va kelini Azizaxonning to‘yi bo‘lib o‘tdi. To‘yning ertasiga, 8 avgust kuni restoranlardan birida "kelin salom" marosimi tashkil etildi. Unda kelin Azizaxonga salom aytishni xonanda Malika Ravshanova ijro etdi. Marosim chiroyli bezaklari va samimiy muhiti bilan ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
7 avgust kuni aktrisa Rayhon Ulasenovaning xonadonida quvonchli voqea — uning o‘g‘li Azizbek va kelini Azizaxonning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Hashamatli to‘ydan tarqalgan chiroyli lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
To‘y jarayonidagi eng e’tiborli va unutilmas marosimlardan biri "kelin salom" bo‘ldi. Qizig‘i, ushbu marosim to‘y kuni emas, balki 8 avgust kuni, ya’ni to‘yning ertasiga o‘tkazilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda "kelin salom" marosimi xonadonda emas, restoranlardan birida tashkil etilgani aks etgan. Marosimda kelin Azizaxonga salom aytishni esa xonanda Malika Ravshanova ijro etgan.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan "kelin salom" marosimi o‘zining chiroyli bezaklari va samimiy muhit bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Izohlarda foydalanuvchilar yangi kelin-kuyovga baxt tilab, “havas qilsa arziydigan to‘y bo‘libdi”, deya iliq fikrlar qoldirmoqda.






























Izohlar 0
…