date

Nargiza Abdullayeva farzandlari haqida gapirdi: kutilmagan haqiqat

Nargiza Abdullayeva farzandlari haqida gapirdi: kutilmagan haqiqat

Aktrisa Nargiza Abdullayeva “Mening oshxonam” loyihasida mehmon bo‘lib, shaxsiy hayoti va farzandlari haqidagi qiziqarli jihatlarni ochiqladi.

San’atkorning aytishicha, uning farzandlari onlayn hayotga deyarli qiziqmaydi va hatto onasining avvalgi ijodiy faoliyatidan ham to‘liq xabardor emas. “Farzandlarim mening eski rollarimni ko‘rmagan, qaysi kinolarda o‘ynaganimni ham bilishmaydi. Hozirgi kliplarimni yoki reklamalardagi ishtirokimni ko‘rishadi, xolos”, — deydi u.

Aktrisa yana bir qiziqarli holatni ham aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarining maktabidagi tengdoshlari ham uzoq vaqt davomida ularni aktrisaning farzandi ekanini bilmagan. “Hatto yaqinda bilishdi. Farzandlarim o‘zlarini kimningdir farzandi sifatida emas, o‘z kuchi bilan tanitishni xohlaydi. ‘O‘zimiz uchun o‘zimiz javob beramiz', deyishadi”, — deya ta’kidladi u.

Shuningdek, aktrisa farzandlarining omma e’tiboridan chetda bo‘lishni afzal ko‘rishini ham qo‘shimcha qildi. “Ko‘p joylarga borsak ham o‘zlarini tutib turishadi, ortiqcha e’tibor istashmaydi. Onlayn hayot ularga qiziq emas. Qizim yoqtiradi, lekin o‘g‘lim umuman qiziqmaydi. Hatto rasmga ham zo‘rg‘a tushiraman. Videoga chaqirsam esa ‘Oyi, meni aralashtirmang’, deydi”, — deya kulib esladi aktrisa.

Mazkur suhbat ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otib, muxlislar tomonidan iliq va samimiy izohlar bilan qarshi olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Nargiza Abdullayeva farzandlari haqida gapirdi: kutilmagan haqiqat