Anvar Sobirov konsertda ayoli haqida kutilmagan sirni oshkor qildi! (video)

Anvar Sobirov konsertda ayoli haqida kutilmagan sirni oshkor qildi! (video)

Xonanda va aktyor Anvar Sobirov konsert dasturi davomida rafiqasi Nargiza haqida ko‘pchilik bilmagan ma’lumotni oshkor qildi. Uning samimiy e’tirofi tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Sobirov rafiqasi bilan 29 yildan buyon birga yashab kelayotganini aytdi. Shuningdek, ularning to‘rt nafar farzandi borligini ta’kidlab, oilasi haqidagi ushbu ma’lumotni ochiqlashni istaganini bildirdi.

"Nargiza bilan mana 29 yil bo‘ldi birga yashaymiz. Kimdir biladi, kimdir bilmaydi. To‘rtta farzandimiz bor, Xudoga shukur. Bu sirni ochmasam bo‘lmas edi", — dedi xonanda.

U o‘z muvaffaqiyatida rafiqasining hissasi katta ekanini ham qayd etdi. Sobirovning ta’kidlashicha, uning bugungi darajaga yetishida Nargiza 95 foiz hissa qo‘shgan.

"Muvaffaqiyatli erkak ortida matonatli ayol turadi. Anvar Sobirov bo‘lishida 95 foiz hissasi qo‘shilgan ayol — bu mening ayolim", — dedi u.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar