Izzat Ibragimov ijodiga katta hissa qo'shgan marhum Ruslan Sharipov haqida ta'sirli voqea

O‘zbek estradasi vakili Izzat Ibragimov intervyularidan birida ijodiy faoliyatining dastlabki yillari bilan bog‘liq ta’sirli voqeani eslab o‘tdi. U o‘z so‘zlarida marhum bastakor Ruslan Sharipovning qo‘llab-quvvatlashi uning hayotida muhim burilish nuqtasi bo‘lganini alohida ta’kidladi.
Xonandaning aytishicha, bir kuni Ruslan Sharipov uni Chorsuga taklif qilib, oddiy suhbat davomida uning ijodiy rejalariga qiziqish bildirgan. O‘sha paytda Izzat Ibragimov ansambl faoliyatini rivojlantirish bilan shug‘ullanayotganini aytadi. Shunda bastakor undan yangi qo‘shiqlar ustida ishlayaptimi, deb so‘rab, ijod uchun mablag‘ zarurligini yaxshi tushungan holda suhbatni davom ettirgan.
Izzat Ibragimov o‘sha davrda bir qo‘shiq yaratish uchun ma’lum miqdorda mablag‘ talab qilinishini, imkoniyatlari esa cheklanganini eslaydi. Ruslan Sharipov esa uning ehtiyojini so‘rab, kerakli mablag‘ni beminnat berishini bildirgan. Xonanda bu taklifga hayron bo‘lib, evaziga nima qilish kerakligini so‘raganida, bastakor “hech narsa kerak emas, biz do‘stmiz, sen oyoqqa tursang xursand bo‘laman” deya javob bergan.
Mazkur voqea Izzat Ibragimov uchun katta ruhiy turtki bo‘lganini u alohida qayd etadi. Aynan o‘sha qo‘llab-quvvatlash uning ijodiy yo‘lida mustahkam qadam tashlashiga sabab bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!