Izzat Shukurovning ismini kim qo‘ygan? Otasi ma’lum qildi (video)

Izzat Shukurovning ismini kim qo‘ygan? Otasi ma’lum qildi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xonanda Izzat Shukurovning otasi Tojivoy Shukurov o‘g‘lining ismini marhum O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov qo‘yib berganini ma’lum qildi.
  • Obid Asomov Izzat Shukurovni katta sahnaga olib chiqishda ham muhim rol o‘ynagan.
  • Tojivoy Shukurov o‘g‘lining konsertini tomosha qilish va uning yutuqlariga guvoh bo‘lishni ko‘p yillar orzu qilganini ta’kidladi.

Xonanda Izzat Shukurov 10 oktyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena'da konsert berdi. Konsertning eng ta’sirli lahzalaridan biri xonanda otasi Tojivoy Shukurovni sahnaga taklif qilib, unga avtomobil sovg‘a qilgani bo‘ldi.

Sahnada so‘zga chiqqan Tojivoy Shukurov farzandining konsertini ko‘rish va uning yutuqlariga guvoh bo‘lishni ko‘p yillar orzu qilganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bir vaqtlar taniqli san’atkorlarning otalari farzandlari konsertini tomosha qilib o‘tirganini ko‘rib, o‘zi ham shunday kunlarga yetishni niyat qilgan.

“Men farzandlarimdan juda ham xursandman. Har bir insonga shunday farzand o‘stirish nasib qilsin. Bir paytlar o‘zim ham shunday kunlarni orzu qilgan edim. Katta san’atkorlarning otalari o‘g‘illarining konsertlarida o‘tirganini ko‘rsam, qachondir menga ham shunday kunlar nasib qilarmikan, deb o‘ylardim. Mana, o‘sha kunlar ham yetib keldi”, — dedi u.

Shuningdek, Tojivoy Shukurov o‘g‘li Izzatning ismini kim qo‘yganini ham ma’lum qildi. Uning aytishicha, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum Obid Asomov xonandaga ism qo‘ygan va uni katta sahnaga olib chiqishda muhim rol o‘ynagan.

“Bu orzular haqida gapirganda, bitta san’atkorni eslamaslikning iloji yo‘q. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, hammamizga taniqli san’atkorimiz Obid Asomovning ruhlari shod bo‘lsin. Men hamisha bu insonni yodga olaman. Izzatning ismini aynan shu inson qo‘yib bergan va uni katta sahnaga olib chiqqan. 'Agar men ko‘ra olmasam, sen o‘zing ko‘rasan, Xudo xohlasa katta sahnalarda', degan edi. Mana, o‘sha kun ham yetib keldi. Men bundan juda minnatdorman”, — deya ta’kidladi Tojivoy Shukurov.

U so‘zining yakunida ustoz san’atkorni doimo hurmat bilan yodga olishini aytib, farzandi kelajakda ham xalqning xizmatida bo‘lishini tiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar