Rayhon va Izzat Shukurovdan yangi duet tarona: "Dil yig‘lar" muxlislar e’tiborida (video)

Rayhon va Izzat Shukurovdan yangi duet tarona: "Dil yig‘lar" muxlislar e’tiborida (video)

O‘zbek estrada san’atining taniqli vakillari Rayhon va Izzat Shukurov muxlislariga yangi duet taqdim etdi. "Dil yig‘lar" deb nomlangan tarona ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinib, tinglovchilarning e’tiborini tortmoqda.

Xonandalar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "Dil yig‘lar" taronasini tinglash mumkinligini ma’lum qildi. Qo‘shiq YouTube, Yandex Music va boshqa musiqiy platformalarda taqdim etilgan.

"Bir so‘z bilan aytingchi — bu trekni qanday his qildingiz?"

Xonandalarning muxlislariga yo‘llagan savoli ham izohlarda turli fikrlar bildirilishiga sabab bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda tinglovchilar Rayhon va Izzat Shukurov ijrosidagi yangi taronaga o‘z munosabatlarini bildirmoqda. Ayrim muxlislar qo‘shiqni chiroyli duet sifatida baholab, xonandalarga iliq fikrlar yozib qoldirgan. Yangi tarona muxlislar orasida allaqachon muhokama qilina boshlagan. Endi qo‘shiq tinglovchilar orasida qanday taassurot qoldirishi qiziq.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar