Izzat Shukurov konsertida otasiga avtomobil sovg‘a qildi (video)

Izzat Shukurov konsertida otasiga avtomobil sovg‘a qildi (video)

Xonanda Izzat Shukurov 10 oktyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena'da bo‘lib o‘tgan konsertida otasiga (Tojivoy Shukurov) kutilmagan sovg‘a taqdim etdi. U otasini sahnaga taklif qilib, shu kungacha qilgan barcha mehnati va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Shundan so‘ng unga avtomobil kalitini topshirdi.

Ushbu ta’sirli lahza konsert tomoshabinlarining olqishlariga sabab bo‘ldi. Zalda yig‘ilganlar xonandaning otasiga bo‘lgan hurmatini qarsaklar bilan qarshi oldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda konsert ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgani, muxlislar qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib, unutilmas lahzalarga guvoh bo‘lgani aks etgan. Biroq oqshomning eng esda qolarli voqealaridan biri, shubhasiz, Izzat Shukurovning otasiga avtomobil sovg‘a qilgani bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar