Bollivud yulduzi Tayger Shroffning avtomobiliga o‘q uzildi (video)

Bollivud yulduzi Tayger Shroffning avtomobiliga o‘q uzildi (video)

Hindistonning Mumbay shahrida Bollivud aktyori Tayger Shroff bo‘lgan avtomobilga qurolli hujum uyushtirildi. Hodisa 18 oktyabr kuni shaharning Juxu hududida sodir bo‘lgan.

India Today nashri xabariga ko‘ra, noma’lum shaxslar mototsiklda kelib, aktyor bo‘lgan BMW avtomobiliga bir necha marta o‘q uzgan. Tayger Shroff voqea vaqtida futbol o‘ynab, shaxsiy tadbirdan qaytayotgan bo‘lgan.

Hujum oqibatida aktyorning haydovchisi va yaqin atrofda turgan yana bir kishi jarohatlangan. Shroffning o‘zi esa o‘qdan jarohat olmagan va uning hayoti xavf ostida emasligi ma’lum qilingan.

Hodisadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda «Lourens Bishnoi» jinoiy guruhi nomidan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan xabar tarqalgan. Biroq politsiya ushbu bayonotning haqiqiyligi va guruhning voqeaga aloqadorligini tekshirgan.

19 oktyabr kuni Hindiston ommaviy axborot vositalari politsiya gumonlanuvchilarni qo‘lga olgani, ish esa Mumbay politsiyasining jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limiga o‘tkazilganini xabar qildi. Tergov davomida hujum sababi va uning ortida kimlar turgani aniqlashtirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar