Mumbayning yuragi: 130 yillik BMC bosh qarorgohi va shahar tarixiga sayohat

Mumbayning yuragi: 130 yillik BMC bosh qarorgohi va shahar tarixiga sayohat
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Mumbayda joylashgan 130 yillik Brihanmumbay munitsipal korporatsiyasi (BMC) bosh qarorgohi, 1893 yilda Frederik Uilyam Stivens tomonidan Indo-saratsin va neo-gotika uslubida qurilgan me’moriy durdonadir.
  • Ushbu tarixiy binoda Balandligi 72 metr bo'lgan markaziy minora, 50 metrli ichki gumbaz, maxfiy arxiv xonasi va 130 yil avval qurilgan gidravlik lift mavjud.

Hindiston bo‘ylab davom etayotgan xalqaro media-tur doirasida delegatsiyamiz mamlakatning moliya va sanoat poytaxti — ulkan Mumbay shahriga yetib keldi. Safarning markaziy tadbirlaridan biri sifatida dunyodagi eng yirik shahar ma’muriyatlaridan biri hisoblangan Brihanmumbay munitsipal korporatsiyasi (BMC) bosh qarorgohida uchrashuv va maxsus brifing tashkil etildi.

Me’moriy durdona va muhandislik mo‘jizasi

1893 yilda mashhur ingliz me’mori Frederik Uilyam Stivens loyihasi asosida qurib bitkazilgan ushbu muhtasham bino Indo-saratsin va neo-gotika uslublarini o‘zida mujassam etgan. Uning ro‘parasida YUNЕSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan mashhur Chhatrapati Shivaji (CST) temiryo‘l vokzali qad rostlagan.

Binoning diqqatga sazovor jihatlari:

Balandlik va ichki gumbaz: Markaziy minora va tashqi gumbaz qariyb 72 metr (235 fut) balandlikka ko‘tarilgan. Bino ichida esa maxsus akustika va havo aylanishi uchun mo‘ljallangan ikkinchi — ichki gumbaz qurilgan bo‘lib, uning balandligi 50 metrni tashkil etadi.

Tarixiy gidravlik lift va sirli arxiv: Gumbaz ostida hukumatning maxsus maxfiy arxiv xonasi joylashgan. Shuningdek, qariyb 130 yil oldin elektr energiyasisiz harakatlanuvchi suv bosimiga asoslangan gidravlik liftni ishlatish uchun har biri 10 ming gallonli ikkita ulkan suv saqlagich barpo etilgan.

Smetadan orttirilgan mablag‘: Qurilish 1889 yil 23 aprelda boshlanib, 1893 yil iyulda yakunlangan. Eng hayratlanarlisi, o‘sha davrda loyiha uchun 11 lakx 88 ming rupiy ajratilgan bo‘lsa-da, aniq hisob-kitob va mahalliy hind ustalarining mehnati evaziga haqiqiy xarajat 11 lakx 19 ming rupiyni tashkil etgan — ya’ni qurilish smetadan arzonroqqa tushgan.

Mumbay realligi: Kunduzi 20 million, tunda 13 million aholi

Brifingda shahar rasmiylari va muhandislari ishtirokida Mumbayning demografik va infratuzilmaviy haqiqatlari ochiqlandi.

«Suzuvchi» aholi oqimi: Rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan aholi soni 13 millionga yaqin bo‘lsa-da, har kuni shahar tashqarisidan Mumbay markaziga poyezd va jamoat transportlarida 7 milliondan ziyod kishi ishga kelib-ketadi. Natijada kunduzi shahar aholisi 20 milliondan oshadi. Shaharning kunlik hayoti 3 200 ta shaharlararo poyezd va avtobuslar harakatiga bog‘langan.

Cheklangan hudud va Dharavi mavzesi: Mumbay dastlab 7 ta alohida oroldan iborat bo‘lib, keyinchalik quruqlikka aylantirilgan. Yer maydoni cheklangani bois shahar yon tomonga emas, faqat osmono‘par binolar hisobiga tepaga qarab o‘smoqda. Dunyoga mashhur Dharavi mavzesi kabi zich hududlarni renovatsiya qilish uchun alohida davlat agentligi (SRA) tashkil etilgan bo‘lib, aholini bosqichma-bosqich xavfsiz va zamonaviy ko‘p qavatli uylarga ko‘chirish rejalashtirilgan.

Tabiiy ofatlar va yomg‘irlarga qarshi kurash: Yangi tizimlar

Mumbay har yili musson yomg‘irlari davrida suv toshqinlari, siklonlar va dengiz sathi ko‘tarilishi xavfiga duch keladi. Shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (Disaster Management Department) dunyodagi eng ilg‘or amaliyotlarni joriy etgan:

«Brimstowad» va yer osti suv omborlari: Ilgari shahar drenaj tizimi soatiga atigi 25 mm yomg‘irni o‘tkaza olgan bo‘lsa, yangi nasos stansiyalari va ulkan yer osti zaxira baklari hisobiga bu ko‘rsatkich soatiga 50 mm ga yetkazildi. To‘plangan suvlar qayta ishlanib, dengizga xavfsiz yo‘naltiriladi.

Iqlim budjeti: Mumbay London, Oslo va Nyu-Yorkdan keyin dunyoda o‘z «Iqlim budjeti»ni qabul qilgan 4-yirik shaharga aylandi. 2022 yildan boshlab shaharning 27 ta departamenti barcha qurilish va transport loyihalarini shahar iqlim rejasiga moslashtirgan holda amalga oshirmoqda.

Tezkor xavfsizlik tarmog‘i: Shahar bo‘ylab 5 mingga yaqin zamonaviy intellektual videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Har bir tumanda favqulodda markazlar va sog‘liqni saqlash bo‘limlari uzluksiz ishlamoqda, aholi uchun 1916 yagona tezkor ishonch telefoni yo‘lga qo‘yilgan.

Mumbay me’moriyati, uning boy tarixi va eng murakkab sharoitlarda ham millionlab insonlarning xavfsizligini ta’minlayotgan boshqaruv tizimi har qanday mehmonda ulkan qiziqish uyg‘otmoqda.

Hindiston media-turining eksklyuziv lavhalarini kuzatib boring.

Mumbayning yuragi: 130 yillik BMC bosh qarorgohi va shahar tarixiga sayohatMumbayning yuragi: 130 yillik BMC bosh qarorgohi va shahar tarixiga sayohatMumbayning yuragi: 130 yillik BMC bosh qarorgohi va shahar tarixiga sayohatMumbayning yuragi: 130 yillik BMC bosh qarorgohi va shahar tarixiga sayohatMumbayning yuragi: 130 yillik BMC bosh qarorgohi va shahar tarixiga sayohat

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar