Bollivud qiroli Shohruxxon 61 yoshni qarshi oldi

Bollivud qiroli Shohruxxon 61 yoshni qarshi oldi

Bugun, 2 noyabr kuni hind kino san’atining eng mashhur aktyorlaridan biri, millionlab muxlislar mehrini qozongan Shohruxxon 61 yoshni qarshi oldi. U Bollivudning eng taniqli yulduzlaridan biri sifatida ko‘plab romantik filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan.

Shohruxxon 1965 yil 2 noyabrda Hindistonning Nyu-Deli shahrida tug‘ilgan. U aktyorlik faoliyatini televideniyeda boshlagan va «Fauji» seriali orqali tomoshabinlarga tanilgan. 1992 yilda «Devona» filmi bilan katta kinodagi debyutini qilgan aktyor qisqa vaqt ichida Bollivudning yorqin yulduzlaridan biriga aylandi.

Faoliyatining dastlabki yillarida «Qo‘rquv» («Darr»), «Qimorboz» («Baazigar») kabi filmlarda salbiy qahramonlarni gavdalantirgan Shohruxxon keyinchalik romantik obrazlari bilan ham katta shuhrat qozondi. «Devdas», «Gohi shodlik, gohi g‘am» («Kabhi Khushi Kabhie Gham»), «Mening ismim Xon» («My Name Is Khan»), «Chennai Express», «Pathaan» va «Jawan» kabi filmlar uning ijodidagi eng mashhur kartinalar qatoridan joy olgan.

Shohruxxon 1991 yilda Gauri Xonga uylangan. Ularning Aryan, Suxana va AbRam ismli uch nafar farzandi bor.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar