52 yoshni suratga olish maydonida qarshi olgan Kajol muxlislarini hayratda qoldirdi (video)

Hind kinosining taniqli aktrisasi Kajol 52 yoshni qarshi oldi. Biroq u tug‘ilgan kunini dabdabali tantana bilan emas, odatdagi ish kunidek suratga olish maydonida o‘tkazdi.
Aktrisa kun davomida bir nechta lokatsiyada suratga olish jarayonida ishtirok etgan. Shunga qaramay, u qayerga bormasin, muxlislari uni samimiy tabriklar bilan qarshi olib, gullar va sovg‘alar ulashdi. Hatto ulardan biri Kajol uchun tug‘ilgan kun tortini ham tayyorlab, aktrisaga tort kestirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik Kajolning soddaligi, samimiyligi va yillar o‘tsa-da, muxlislar mehrini yo‘qotmaganini alohida e’tirof etmoqda.
Ma’lumot uchun, Kajol 1974 yil 5 avgust kuni Hindistonning Maxarashtra shtati, Mumbay shahrida tavallud topgan. Bu yil aktrisa 52 yoshni qarshi oldi.






























Izohlar 0
…