O‘zini o‘lganga soladigan qo‘zichoq internetni portlatdi (video)

O‘zini o‘lganga soladigan qo‘zichoq internetni portlatdi (video)

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida noodatiy qo‘zichoq haqidagi video katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, xitoylik fermerlardan biri bozorga sotish uchun 4 ta qo‘zichoq olib chiqqan. Ulardan uchtasi qisqa fursatda sotilib ketgan. Biroq to‘rtinchi qo‘zichoq xaridorlar yaqinlashishi bilan g‘alati harakatlar qila boshlagan.

U birdan yerga yiqilib, xuddi jonsizdek yotib olgan. Bu holatni ko‘rgan xaridorlar jonivorni kasal deb o‘ylab, uni sotib olishdan bosh tortishgan. Eng qiziq tomoni esa — odamlar uzoqlashishi bilan qo‘zichoq darhol o‘rnidan turib, hech narsa bo‘lmagandek sakrab o‘ynay boshlagan.

Fermer bu antiqa holatni videoga olib, internetga joylagan. Video qisqa vaqt ichida millionlab ko‘rishlar to‘plab, foydalanuvchilarni hayratga soldi.

Voqea shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, yakunda egasi qo‘zichoqni sotish fikridan qaytgani aytilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar