Adham Soliyev san’atga qaytadimi? Xonanda javob berdi

Adham Soliyev san’atga qaytadimi? Xonanda javob berdi

Xonanda Adham Soliyev san’atga qaytishi borasidagi savollarga javob berdi.

"Rtv" telekanali jurnalisti tomonidan “San’atga qachon qaytasiz? Muxlislaringiz sizni kutmoqda” degan savolga xonanda samimiy fikr bildirdi.

Uning aytishicha, san’atga qaytish masalasi vaqtga bog‘liq va hozirda u tadbirkorlik faoliyatiga jiddiy qiziqib qolgan.

“San’atga qachon qaytishimni vaqt ko‘rsatadi. Hozir tadbirkorlikka juda qiziqib ketganman. Bizning qonimizda tadbirkorlik bor. Ayniqsa, mehmonxona sohasiga qiziqardim va hozir shu yo‘nalishda faoliyat yurityapman,” — dedi xonanda.

Shu bilan birga, u muxlislarini unutmaganini ham alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muxlislar har doim yuragining tubida joy olgan va kelajakda ular uchun yangi qo‘shiqlar taqdim etilishi ham mumkin.

“Muxlislarim juda ko‘p, ular yuragimning tubida. Xudo xohlasa, ba’zida ular uchun yaxshi qo‘shiqlar ham chiqaramiz,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Mazkur bayonot ijtimoiy tarmoqlarda turlicha munosabatlarga sabab bo‘lib, muxlislar xonandaning san’atga qaytishini kutishda davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar