Rossiya TIV Britaniya fuqarolariga cheklov e’lon qildi

Rossiya TIV Britaniya fuqarolariga cheklov e’lon qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi besh nafar Britaniya fuqarosining mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda vazirlik bayonotida ma’lum qilindi.

Rossiya TIVga ko‘ra, mazkur qaror Londonning Rossiyaga qarshi bayonotlari, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi va Moskva nazarida Rossiya haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilishiga javob sifatida qabul qilingan.

Sanksiyalar ro‘yxatiga The Washington Post jurnalisti Ketrin Belton, Britaniyaning “I” nashri jurnalisti Richard Xolms va Henry Jackson Society tahliliy markazi hisoboti muallifi Aleksandr Brauder kiritildi.

Shuningdek, Committed to Good kompaniyasi boshqaruvchi direktori Elis Lafer va Chelsea Group asoschilaridan biri Richard Uestberining ham Rossiyaga kirishi taqiqlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar