Kongoda Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat yanada og‘irlashmoqda

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat yanada og‘irlashdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soatda kasallanish va o‘lim holatlari keskin ko‘paygan.
Tasdiqlangan o‘lim holatlari soni 82 taga yetgan. Bu avvalgi kunga nisbatan 18 taga ko‘p. Shuningdek, virus yuqtirganlar soni 71 taga oshib, 452 nafarni tashkil etgan.
Vazirlik bu may oyida boshlangan epidemiya davomidagi eng keskin o‘sishlardan biri ekanini ta’kidladi. Yangi yuqish holatlari orasida ayollar ulushi yuqori ekani aytilmoqda.
Kasallanish ko‘rsatkichining oshishi tibbiy guruhlar Ituri viloyatining avval borish qiyin bo‘lgan hududlariga kirib borgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Uganda bilan chegaradosh Mahag‘i tumanida kuzatuv ishlari kengaytirilgan.





























Izohlar 0
…