Rossiya rahbari Eron bo‘yicha muhim bayonot bilan chiqish qildi

Rossiya rahbari Eron bo‘yicha muhim bayonot bilan chiqish qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH prezidenti Donald Trampning harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi qarorini to‘g‘ri qadam deb baholadi. U Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida so‘zga chiqib, Yaqin Sharqdagi vaziyat tinch yo‘l bilan hal bo‘lishiga umid bildirgan.

Putinning aytishicha, Moskva hozirda Vashington, Tehron va Tel-Aviv bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi. Jumladan, Erondagi Bushehr atom elektr stansiyasi atrofidagi vaziyat ham muhokama qilinmoqda.

Rossiya rahbari stansiya yaqiniga tushgan raketa qoldiqlari haqida ma’lumotlar olinganini, ammo barcha tomonlar bu tasodifiy holat bo‘lgani va takrorlanmasligini bildirganini aytdi.

Putin, shuningdek, Eron yadroviy qurol yaratishga intilayotgani haqida Rossiyada hech qanday ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi. Uning fikricha, Eron bir necha bor yadroviy qurol ishlab chiqish rejasi mavjud emasligini ma’lum qilgan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat barqarorlashgach, Rossiya Erondagi tinch maqsadlardagi yadroviy loyihalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Rossiya rahbari Eron bo‘yicha muhim bayonot bilan chiqish qildi – Zamin.uz, 06.06.2026