PUBG orqali boshlangan tanishuv to‘y bilan yakunlandi

PUBG orqali boshlangan tanishuv to‘y bilan yakunlandi

“PUBG” o‘yini orqali boshlangan tanishuv kutilmagan tarzda chinakam hayotiy sevgi hikoyasiga aylandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatida tug‘ilgan 2008 yilda tug‘ilgan qiz va Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 2006 yilda tug‘ilgan yigit mashhur PUBG Mobile o‘yini orqali tanishgan. Dastlab oddiy o‘yin jarayonidagi muloqot sifatida boshlangan suhbatlar vaqt o‘tishi bilan do‘stlik, keyinchalik esa jiddiy munosabatga aylangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu juftlik bugungi kunda oila qurish arafasida ekani aytilmoqda. Bu holat internet va o‘yinlar orqali boshlangan munosabatlarning real hayotga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda turlicha fikrlarga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar buni zamonaviy davrning “virtual sevgi hikoyasi” sifatida baholasa, boshqalar esa onlayn tanishuvlarda ehtiyotkorlik muhimligini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar