Aprel oyi uchun 143,6 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi

Aprel oyi uchun 143,6 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi

Soliq qo‘mitasi 2026 yil aprel oyida amalga oshirilgan xaridlar uchun keshbek to‘lovlarining asosiy qismini tasdiqladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 6,5 milliondan ortiq fuqaro uchun jami 143,6 milliard so‘m keshbek mablag‘ini to‘lashga ruxsat berilgan.

Fuqarolar tasdiqlangan mablag‘larni “Soliq” mobil ilovasi orqali o‘z bank kartalariga o‘tkazib olishlari mumkin. Buning uchun ilovada Face ID orqali shaxsni tasdiqlash talab etiladi.

Qolgan keshbek mablag‘lari tadbirkorlar soliq hisobotlarini topshirishi, xatolar bartaraf etilishi va qarzdorliklar yopilishiga qarab bosqichma-bosqich tasdiqlanadi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, bir oyda 24 million 720 ming so‘mgacha bo‘lgan xaridlar uchun keshbek hisoblanadi. Eng yuqori keshbek miqdori 247 ming 200 so‘mni tashkil etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar