Mashhur “Andijon devzira oshi” rasman davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“Andijon devzira oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti ma’lum qildi.
Ushbu maqom taom nomi, tayyorlash an’analari va o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy himoya qilish imkonini beradi.
“Andijon devzira oshi” asosan Farg‘ona vodiysida yetishtiriladigan devzira guruchi asosida tayyorlanadi. Qizg‘ish tusli va zich donali ushbu guruch oshga alohida ta’m, xushbo‘ylik hamda dona-dona ko‘rinish beradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, geografik ko‘rsatkich maqomi taomning o‘ziga xosligini saqlash, sifat kafolatlarini mustahkamlash va an’anaviy tayyorlash usulini himoya qilishga xizmat qiladi.





























Izohlar 0
…