Toshkentda 60 gektarlik kimyo klasteri tashkil etiladi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida kimyo sanoati uchun ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasteri barpo etiladi.
60 gektar maydonda tashkil etiladigan loyiha ilg‘or ilm-fan, sohaviy ta’lim va ishlab chiqarishni yagona hududda birlashtiradi.
Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Kimyo texnologiyalari innovatsion markazi ochiladi.
Yangi markazda ilmiy-eksperimental va tajriba ishlarini o‘tkazish xarajatlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
2025 yil yakunigacha Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali klaster hududiga ko‘chiriladi.
Klasterni tashkil etish kimyo sohasiga innovatsiyalarni tezroq joriy qilish va xalqaro darajadagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan.





























Izohlar 0
…