7 512
«Chilonzor buyum bozori»da 6000 dollarni sotishga uringan ikki valyutafurush ayol ushlandi
Valyutafurushlik qilgani uchun 2011 yil javobgarlikka tortilib, amnistiya aktiga asosan jazodan ozod etilgan ayol yana eski «hunar»ini boshladi. Bu haqda «Huquq» gazetasi'ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi va Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida 2014 yil 7 avgust kuni o‘tkazilgan tadbirda ayol jinoiy sherigi bo‘lgan boshqa bir ayol bilan o‘zaro til biriktirib, «Chilonzor buyum bozori» OAJning markaziy kirish darvozasi oldida 6000 AQSh dollariga yaqin xorijiy valyutani sotmoqchi bo‘lgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tekshiruv jarayonida ularning yonidan 1000 Rossiya rubli, 5000 Qozog‘iston tengesi va bozordagi do‘konlardan birida saqlanayotgan, jinoyatchilarga tegishli seyfdan 100 evro, 44 ming 900 Rossiya rubli, 55 ming 100 Qozog‘iston tengesi, 2460 Qirg‘iziston somi va 13 million so‘mdan ziyodroq pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Sud ularga nisbatan o‘zining adolatli hukmini o‘qidi, deyiladi manbada. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi