“Ippodrom” bozoridagi ayrim savdo bloklari elektrdan uzildi

1 daqiqa o'qish75
“Ippodrom” bozoridagi ayrim savdo bloklari elektrdan uzildi

25 sentyabr kuni Toshkentdagi Chilonzor buyum bozorining “Ippodrom” nomi bilan tanilgan hududidagi ayrim savdo bloklarida elektr ta’minoti to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bozor hududida Toshkent shahar FVBB mutaxassislari tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, yong‘in xavfsizligi talablarining bir qator jiddiy buzilishlari aniqlangan. Mazkur kamchiliklar odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, savdo bloklarining elektr tarmog‘idan qisman uzilishi sud qarori asosida amalga oshirilgan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgach, savdo bloklarida elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?