date

O‘zbekistonda yong‘in qoidasini buzgan savdo markazlari yopildi

O‘zbekistonda yong‘in qoidasini buzgan savdo markazlari yopildi

Respublika bo‘ylab Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli idoralar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida yong‘in xavfsizligi talablarini qo‘pol ravishda buzgan savdo va ko‘ngilochar obyektlar aniqlandi. Kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Xususan, Buxoro viloyatida bir qator savdo majmualari, bolalar o‘yingohi pavilioni, shuningdek ayrim binolar va xonalar yopildi. Jizzax shahrida esa savdo markazi hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyatiga cheklov qo‘yildi.

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida savdo markazi yerto‘la qismida joylashgan omborxona faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsa, Termiz shahridagi “Indenim” savdo-ko‘ngilochar markazi ham vaqtincha yopildi.

Ma’lum qilinishicha, tekshiruvlar doirasida avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlari, evakuatsiya yo‘laklari holati hamda yong‘inga qarshi vositalarning mavjudligi va sozligi o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni “Aviator” savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lganidan so‘ng bunday tekshiruvlar yanada kuchaytirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yong‘in qoidasini buzgan savdo markazlari yopildi