Toshkent metrosida bir kunlik yo‘lovchilar soni 1,2 mlndan oshdi

1 daqiqa o'qish68
Toshkent metrosida bir kunlik yo‘lovchilar soni 1,2 mlndan oshdi

Toshkent metropoliteni 28 sentyabr kuni bir sutkada 1 200 124 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich metro tarixida birinchi marta bir kunda 1,2 million nafardan ortiq yo‘lovchi tashilganini anglatadi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» AJ ma’muriyati ma’lum qildi.

Qayd etilgan natija munosabati bilan metro mas’ullari 1 200 000-chi yo‘lovchini aniqlash uchun maxsus tadbir o‘tkazdi. Belgilangan yo‘lovchiga metropoliten jamoasi tomonidan esdalik sovg‘asi berildi.

Shuningdek, unga maxsus transport to‘lov kartasi topshirildi. Karta orqali uning egasi bir yil davomida jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin.

Metropoliten ma’muriyatining qayd etishicha, bir kunda 1,2 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilishi Toshkent aholisi va shahar mehmonlarining metro xizmatlariga bo‘lgan talabi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?