date

Respublikada yagona radioaktiv chiqindilar markazi faoliyat boshlaydi

Respublikada yagona radioaktiv chiqindilar markazi faoliyat boshlaydi

O‘zbekiston hukumatining 2026 yil 9 fevraldagi 47 sonli qaroriga muvofiq, mamlakatda radioaktiv chiqindilarni saqlashga ixtisoslashgan markaz tashkil etiladi. Ushbu markaz Yadro fizika instituti huzurida faoliyat yuritib kelgan chiqindilarni ko‘mish punkti asosida barpo etiladi.

Yangi tashkil etilayotgan Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi butun respublika hududidagi radioaktiv chiqindilarni yig‘ish, ularni maxsus transportda tashish, qayta ishlash, saralash va uzoq muddatli xavfsiz saqlashni amalga oshiradigan yagona davlat muassasasi bo‘ladi.

Markazning asosiy vazifalari qatoriga ishlash muddati tugagan yoki foydalanishdan chiqqan radioaktiv manbalarni qayta ishlash, innovatsion texnologiyalar asosida chiqindilar bilan ishlash usullarini ishlab chiqish va sohada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish kiradi. Shuningdek, bu borada raqamlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda davlat idoralari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu qaror mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, sanoat chiqindilari bilan mas’uliyatli munosabatda bo‘lish va xalqaro xavfsizlik standartlariga mos tizimni shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Respublikada yagona radioaktiv chiqindilar markazi faoliyat boshlaydi