O‘zbekistonda avtobus yo‘l haqini oshirish bo‘yicha yangi taklif bildirildi

1 daqiqa o'qish150
O‘zbekistonda avtobus yo‘l haqini oshirish bo‘yicha yangi taklif bildirildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda jamoat transportida yo‘l haqini iqtisodiy jihatdan asoslangan darajaga yetkazish taklifi ilgari surildi.
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda jamoat transporti xarajatlarining 65,1 foizi davlat subsidiyalari hisobidan qoplanmoqda va bu ko‘rsatkich 2024 yilda 1 trillion so‘mni, 2025 yilda 1,2 trillion so‘mni, 2026 yilda esa 1,385 trillion so‘mga yetgan.

O‘zbekistonda jamoat transportida yo‘l haqini iqtisodiy jihatdan asoslangan darajaga yetkazish taklifi ilgari surildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti tomonidan o‘tkazilgan muloqot davomida ma’lum qilindi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda jamoat transporti xarajatlarining 65,1 foizi davlat subsidiyalari hisobidan qoplanmoqda. Subsidiyalar hajmi yil sayin ortib bormoqda: 2024 yilda bu ko‘rsatkich 1 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda 1,2 trillion so‘mga, 2026 yilda esa 1,385 trillion so‘mga yetgan.

Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, brutto-shartnomalarni moliyalashtirish uchun har yili taxminan 1,9 trillion so‘m talab etiladi. Ushbu mablag‘ning 1,3 trillion so‘mi poytaxt Toshkentdagi jamoat transporti tizimi hisobiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda avtobus yo‘l haqini oshirish bo‘yicha yangi taklif bildirildi

Mutaxassislar ta’kidlashicha, davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalar miqdori oshib borayotganiga qaramay, transport tizimining samaradorligi va ajratilgan mablag‘lar natijadorligini baholash mexanizmi yetarli darajada shaffof emas.

Shu munosabat bilan yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan yo‘nalishlarni qayta ko‘rib chiqish, tariflarni iqtisodiy jihatdan asoslangan darajaga moslashtirish, hududlarda jamoat transporti tarmog‘ini yanada rivojlantirish, imtiyozli toifadagi aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda tashuvchilarga to‘lovlarni xizmat sifati ko‘rsatkichlari (KPI) asosida amalga oshirish taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi boshida mazkur institut O‘zbekistonda 1 foizlik soliq keshbeki tizimini bosqichma-bosqich bekor qilish tashabbusi bilan ham chiqqan edi.

Ekspertlar fikricha, ushbu mexanizm dastlab aholida fiskal chek talab qilish madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. Biroq bu amaliyot keng ommalashgach, uni moliyaviy rag‘batlantirishga bo‘lgan ehtiyoj asta-sekin kamayib bormoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?