date

11 fevralda kuchli yomg‘ir va qor kutilmoqda

11 fevralda kuchli yomg‘ir va qor kutilmoqda

“O‘zgidromet” 11-fevral kuni uchun navbatdagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, chorshanba kuni respublika bo‘ylab havo beqaror tus olib, ayrim hududlarda yomg‘ir kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi, shamol esa ba’zi viloyatlarda tezligini oshirishi kutilmoqda.

Toshkent shahri

Poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zan kuchlashadi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim paytlarda 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8–10° iliq atrofida saqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Hududda havo o‘zgaruvchan: kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘ishi ehtimoli bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ayrim nuqtalarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8–13° sovuq, kunduzi 1–6° sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyati

Kechasi va ertalab ayrim joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo beqaror bo‘ladi: yomg‘ir yog‘adi, cho‘l hududlarda yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat asosan kechasi-kunduzi 5–10° iliq, cho‘l hududlarda esa kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari

Bu hududlarda ham yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zi nuqtalarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Janubda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchlashishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Vodiyda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi: yomg‘ir yog‘adi, ayrim nuqtalarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s. Harorat kechasi 2–7° iliq, kunduzi 7–12° iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlar

Bu yerlarda yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zi nuqtalarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq–3° iliq atrofida bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 11 fevralda kuchli yomg‘ir va qor kutilmoqda