Bugun Toshkentda kuchli tuman: to‘rt reys qo‘na olmadi

Toshkent shahrida noqulay ob-havo, xususan, kuchli tuman sabab bir qator reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun — 18 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroporti hududida kuchli tuman kuzatilgan.
Shu sababli "Centrum Air" aviakompaniyasining Sankt-Peterburg — Toshkent yo‘nalishidagi C6422 reysi ekipaji Navoiy xalqaro aeroportiga qo‘nishga qaror qilgan
Shuningdek, "Turkish Airlines" aviakompaniyasining Istanbul — Toshkent yo‘nalishidagi THY368 reysi ekipaji Samarqand shahridagi muqobil aerodromga yuborilgan.
Yana bir "Centrum Air" aviakompaniyasining Jidda — Toshkent yo‘nalishidagi C6322 reysi ham Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndirilgan.
Bundan tashqari, aviakompaniyaning Guanchjou — Toshkent yo‘nalishidagi C6512 reysi ekipaji ham havo sharoiti sabab Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishni o‘zgartirgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, Toshkent xalqaro aeroportidan samolyotlar parvozi odatiy tartibda amalga oshirilmoqda, cheklovlar faqat reyslarni qabul qilish jarayoniga qo‘llanilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!