Toshkentda isitish mavsumi qachon boshlanadi?

Toshkentda isitish mavsumi oktyabr oyining ikkinchi yarmida boshlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Biroq hozircha poytaxtda isitish tizimi aynan qaysi sanada ishga tushirilishi rasman ma’lum qilinmagan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, isitish mavsumi tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati ketma-ket 5 kun davomida +8 darajadan past bo‘lganidan keyingi kundan boshlanadi.
Shu sababli isitish tizimining ishga tushirilishi bevosita ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Masalan, 6-oktyabr kuni Toshkentda kechasi havo harorati 8–10 daraja, kunduzi esa 21–23 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.
Demak, hozircha isitish mavsumi albatta oktyabr oyining ikkinchi yarmida boshlanadi, deb aytish uchun asos yo‘q. Aniq sana ob-havo sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.































Izohlar 0
…