Toshkent osmonidagi chaqmoqlar kameralarga muhrlandi

Toshkentda bugun kechqurun osmonni ketma-ket chaqmoqlar yoritdi. Qalin bulutlar orasida paydo bo‘lgan yorug‘liklar shahar ustidan uzoq masofaga cho‘zilib, turli shakllarda ko‘rindi.
Poytaxtning bir nechta hududidan olingan kadrlarda chaqmoqlarning osmon bo‘ylab tarmoqlanib ketgani aks etgan. Qisqa vaqt ichida butun atrof yorishib, shahar binolari va ufq chizig‘i ham yaqqol ko‘ringan.
Ushbu suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalmoqda. Ko‘pchilik bugungi tungi osmon manzarasini telefon kameralariga muhrlashga ulgurgan.
Chaqmoq paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish muhim. Ochiq joylar, baland daraxtlar va metall inshootlardan uzoqroq turish kerak.




Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…