date

Prezident farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo'yicha topshiriqlar berdi

Prezident farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo'yicha topshiriqlar berdi

O'zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va dori vositalari ishlab chiqarishni ko'paytirish masalalari yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tgan majlisda sohani yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha muhim vazifalar belgilab olindi. Xususan, 2030 yilga borib ichki bozorda mahalliy dori vositalari ulushini hozirgi 30 foizdan 70 foizga oshirish ko'zda tutilgan.

Sohaga investitsiyalarni jalb qilish sur'atini tezlashtirish maqsadida 2026 yilga qadar 1 milliard dollar miqdorida mablag' yo'naltirish rejalashtirilgan. Bu ko'rsatkich so'nggi 9 yil ichida kiritilgan umumiy investitsiyalarning yarmidan ko'pini tashkil etadi. Shuningdek, dori vositalari eksportini 1 milliard dollarga yetkazish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan preparatlar ishlab chiqarishni kengaytirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Yig'ilish davomida 100 dan ortiq dori ishlab chiqaruvchilar, 50 ta importyor hamda 300 ga yaqin savdo korxonalari va investorlar bilan muzokaralar o'tkazilgani ma'lum qilindi. Davlat rahbari hududlar hokimlarining tadbirkorlar bilan tizimli muloqot o'rnatmaganini tanqid qildi. Endilikda farmatsevtika korxonalari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish va biznes vakillarining muammolarini tezkor hal etish talab etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo'yicha topshiriqlar berdi