O‘zbekistonda ertaga havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda ertaga havo qanday bo‘ladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 22 oktyabr, payshanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz va iliq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.
  • Toshkent shahrida havo harorati kechasi 7–9 daraja, kunduzi esa 21–23 daraja iliq bo‘ladi.
  • Eng yuqori kunduzgi harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 28 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
  • Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi harorat 13–18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

O‘zgidromet 22 oktyabr, payshanba kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi esa havo ancha iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–9 daraja, kunduzi esa 21–23 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Tungi harorat 2–7 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 17–22 darajagacha isiydi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘maydi. Kechasi harorat 3–8 daraja, kunduzi esa 20–25 daraja iliqni tashkil etadi. Shamolning tezligi 7–12 m/s bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 4–9 daraja, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘ladi. Sharqiy shamol 7–12 m/s tezlikda esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzning iliq kunlari davom etadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi esa 23–28 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Farg‘ona vodiysida, jumladan, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Shunday qilib, 22 oktyabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi. Eng yuqori kunduzgi harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 28 darajagacha yetishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar