“O‘zgidromet” hafta boshida yomg‘ir kutilayotgan hududlarni ma’lum qildi

“O‘zgidromet” hafta boshida yomg‘ir kutilayotgan hududlarni ma’lum qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 5-oktyabr, dushanba kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlarida havo harorati sezilarli pasayib, kechasi 2 darajagacha, kunduzi 12 darajagacha tushishi kutilmoqda.
  • Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin, shuningdek, sel-suv toshqini xavfi mavjud.
  • Toshkent shahrida kechasi va ertalab vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.

“O‘zgidromet” 5 oktyabr, dushanba kuni uchun O‘zbekiston hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Prognozlarga ko‘ra, hafta boshida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, shimoliy viloyatlarda esa havo harorati sezilarli pasayadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 oktyabr kuni shimoliy hududlarda harorat kechasi 2 darajagacha, kunduzi esa 12 darajagacha tushishi mumkin. Respublika tog‘larida yog‘ingarchilik kuzatilib, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi va ertalab vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan soatiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja, kunduzi 17-19 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. G‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi harorat 5-10 daraja, kunduzi 14-19 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 darajagacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin.

Shuningdek, tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelish ehtimoli mavjud. Bu hududlarda g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda uning tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

“O‘zgidromet” avvalroq dam olish kunlaridan boshlab ob-havo keskin o‘zgarishi, harorat pasayishi va yog‘ingarchiliklar kuzatilishidan ogohlantirgan edi.

Shuningdek, 5-6 oktyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida tuman tushishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar